Giyohvandlik – XXI asr vabosi
2019 yil 18 fevral kuni ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, Toshkent viloyat Olmaliq shahar hududida fuqaro V.G. noqonuniy ashyolarni saqlaganlikda gumon qilinib to'xtatilgan vaqtda, u yonida og'irligi 1 kilogramm 413,7 grammga teng «marixuana» giyohvandlik vositasini o’tkazish maqsadini ko’zlamay, qonunga xilof ravishda saqlaganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o’tkazish maqsadini ko’zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti