O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Giyohvandlik – XXI asr vabosi

2019 yil 19 avgust kuni ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbirlar davomida, Toshkent viloyat O’rtachirchiq tumanida yashovchi fuqaro N.Sh.ning uyi ko'zdan kechirilganda, u o’z uyida umumiy og’irligi 5 kilogramm 071 grammga teng bo’lgan “marixuana” giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravishda saqlab kelganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o’tkazish maqsadini ko’zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech