O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Giyohvandlar qo’lga olindi

2018 yil 7 oktyabr kuni Farg’ona viloyat Buvayda tuman hududida harakatlanib ketayotgan “Moskvich” rusumli avtomashina shu yerda xizmat olib borayotgan viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan to’xtatilib tekshirilganda, avtoulov haydovchisi F.G’. va yo’lovchilari M.M. hamda N.M.lar avtoulov yukxonasida og’irligi 5 kilogramm 747 grammga teng “marixuana” giyohvandlik vositasini o’tkazish maqsadini ko’zlamay, qonunga xilof ravishda saqlab kelganliklari aniqlanib, givohvandlik vositasi  ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (giyohvandlik vositalarini o’tkazish maqsadini ko’zlamay qonunga xilof  ravishda ko’p miqdorda saqlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech