Firibgarlikning qurboniga aylanib qolmang!
2017 yil 1 iyun kuni fuqaro M.B. Toshkent shahar Chilonzor tumanida yashovchi tanishi Z.G.ning uyida bo’la turib, unga Yakkasaroy tumanida joylashgan ko’p qavatli uylardan xonadon olib berishga va’da berib, buning evaziga undan 451.000.000 so’m miqdoridagi pullarni olib, bergan va’dasini bajarmay, pul mablag’larini o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik, ya’ni aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo’li bilan o’zganing mulkini yoki o’zganing mulkiga bo’lgan huquqni juda ko’p miqdorda qo’lga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti