O'g'irlik fosh qilindi
Toshkent viloyati. 2020 yilning 18 fevralь kuniga oʼtar kechasi nomaʼlum shaxslar Olmaliq kon-metallurgiya kombinati hududida joylashgan konteyner ichida saqlanayotgan umumiy narxi 79.316.666 soʼmlik uskunalarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringanlar.
Mazkur holat yuzasidan Oʼzbekiston Respublikasi IIV TQHB 1-sonli IIB tergov boʼlinmasi tomonidan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.
Olib borilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida mazkur jinoyatni kombinat qoʼriqlash xizmati xodimlari 38 yoshli X.N., 28 yoshli А.E., А,А., Sh.O., lar, suvoqchi 31 yoshli N.N. va 39 yoshli D.А.,lar tomonidan sodir etilganligi aniqlangan. Talon-toroj qilingan uskunalarning katta qismi ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan. Jinoyat ishi boʼyicha N.N., А.А. va O.Sh. lar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan, E.А. va N.X. larga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli modallari bilan ayb eʼlon qilinib ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʼllanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti