“Neksiya” avtomashinasi egasiga qaytarildi
2018 yil 25 dekabr kuni soat taxminan 00:05dan 05:00 gacha bo’lgan vaqt oralig’ida, fuqaro E.J. Toshkent viloyat Nurafshon shahri hududida qarovsiz qoldirilgan, fuqaro A.Q.ga tegishli “Neksiya” rusumli avtomashinani olib qochgan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida, avtomashinani olib qochgan fuqaro E.J. ushlangan. Avtomashina topilgan.
Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti