“Nexia” avtomashinasi egasiga qaytarildi
2018 yil 6 noyabr kuni soat taxminan 13:50da, noma’lum shaxs Toshkent viloyati Toshkent tumani hududida qarovsiz qoldirilgan, fuqaro A.Z.ga tegishli “Nexia” rusumli avtomashinaning eshiklari ochiq qolganidan foydalanib, olib qochgan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni fuqaro G’.S. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti