O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Jabrlanuvchining o'lishiga sabab bo'lgan og'ir tan jarohati etkazish holati yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atildi

2018 yil 3 oktyabr kuni soat 09:00da, fuqaro E.B. Samarqand viloyat Payariq tumanida joylashgan dala er maydoniga tanishi S.A.ning qoramoli kirib, ekinlarni payhon qilganligi uchun o'rtalarida kelib chiqqan o'zaro janjal oqibatida uni kurash usulida boshi bilan erga yiqitib, qorin va ko'krak qismlariga qo'l va oyoqlari bilan urib-do'pposlab, og'ir tan jarohati etkazgan. Natijada S.А. olgan tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilib, unga ko'rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, S.А. kasalxonada vafot etgan. Е.В. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (qasddan badanga og'ir shikast etkazish, jabrlanuvchining o'lishiga sabab bo'lsa) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan bo‘lib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech