O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Voyaga yetmagan talonchilar

Namangan viloyati. 2021 yilning 24 fevral kuni soat 19:30 larda nomaʼlum shaxslar Namangan shahri Davlatobod tumani Shifokorlar ko‘chasi hududida 18 yoshli Muxsiddin E., ni to‘xtatib, yuz qismiga bir marotaba urib unga tegishli narxi 1 000 000 so‘mlik  “Huawei E62” rusumli uyali aloqa vositasini ochiqdan-ochiq tortib olib, hodisa joyidan yashiringanlar.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni 48-sonli maktabning 11-sinf o‘quvchilari 17 yoshli Javlon J., Ilyosbek X.,lar sodir etib, talonchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan telefon apparatini 450 000 so‘mga sotib yuborganliklari aniqlanib, protsessual tartibda ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahri Davlatobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Javlon J., va Ilyosbek X.,larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik)  bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Taʼkidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech