O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Voyaga yetmagan "tovlamachi"

Samarqand viloyati. 2021 yilning 19 aprel kuni viloyat IIB boshlig‘i nomiga 40 yoshli U.Temur ariza bilan murojaat qilib, unda tanishi 16 yoshli M.Amina u bilan yaqin munosabatda ekanligini oila aʼzolariga aytib, sharmanda qilish bilan qo‘rqitib, 1 500 AQSH dollar talab qilayotganligi haqida maʼlum qilib, shu kuni soat 21:30da M.Amina 1 500 AQSH dollarni tovlamachilik yo‘li bilan U.Temurdan olayotgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan ushlangan.

Tadbir davomida, M.Aminadan maxsus kimyoviy ishlov berilgan 1 500 AQSH dollar pul mablag‘lari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan voyaga yetmagan M.Aminaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Jinoyat ishi doirasida jinoyatning kelib chiqish sabablari sinchkovlik bilan o‘rganib chiqilib, uning yakuniga ko‘ra huquqiy baho berilishi taʼminlanadi.

Hozirda tergov davom etmoqda.   

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti 

Text to speech