O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Uchar yigitlarning ovi baroridan kelmadi!

2019 yil 19 oktabr kuni soat 17:30 da  fuqaro B.D., tanishlari A.A. va «I» ismli shaxslar bilan jinoiy til biriktirib, Toshkent shahar Mirobod tumani hududida ko‘chada ketayotgan fuqaro N.H.ga tegishli narxi 500.000 so‘mlik “Samsung Galaxy A6” rusumli uyali telefon apparatini qo‘ng‘iroq qilib olish bahonasida olib, qaytarib bermay A.A.ga tegishli «Nexia-2» rusumli avtomashinaga o‘tirib, hodisa joyidan yashiringanlar.

Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida, B.D. va A.A.lar ushlanganlar.

Holat yuzasidan 2019 yil 30 oktabr kuni Mirobod tumani
3-sonli ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan fuqarolar B.D., A.A. va “I” ismli noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov harakatlari davomida A.A. va B.D.lar muqaddam bir necha marotaba talonchilik jinoyatini sodir etganliklari aniqlanib, ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi 3-qismi “a” bandi (takroran sodir etilgan talonchilik) bilan ayblov e’lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Shu bilan birga, hozirda “I” ismli noma’lum shaxsni aniqlashga qaratilgan tezkor-qidiruv chora-tadbirlari ko‘rilmoqda.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

“Agarda siz ham ushbu shaxslar harakatlaridan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz, Toshkent shahar Mirobod tumani IIO FMBning 71-291-58-02, 71-230-38-75 va 71-230-38-43 raqamlari orqali murojaat qiling”

 O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech