Ehtiyotsizlik va sovuqqonlik keksa ayolning hayotiga zomin bo‘ldi
Qashqadaryo. 2020 yilning 25 may kuni soat 00:20 da Koson tumani Nasaf ko‘chasida 23 yoshli J.Yu. boshqaruvida bo‘lgan "Lacetti" rusumli avtomashinasini orqaga boshqarib, yo‘ldan kesib o‘tayotgan 67 yoshli K.B. ayolni avtomashinaning orqa tomoni bilan urib yuborib, yo‘l transport hodisasini sodir etib, hodisa joyidan qochib ketgan.
Ushbu yo‘l transport hodisasi oqibatida K.B. og‘ir tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Koson tuman IIB xuzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-kismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) va 117-moddasi 2-qismi (xavf ostida qoldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zgatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti