O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Giyohvandlik vositasini g‘ayriqonuniy saqlash va yetishtirish aniqlandi.

Toshkent viloyati. 2020 yilning 29 fevral' kuni Bo‘stonliq tumani hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida, Rossiya Federatsiyasi fuqarosi 52 yoshli G.O., “Chorbog‘” qo‘rg‘onida joylashgan dala hovlisida 42,14 gramm “marixuana” giyohvand vositasini saqlab kelayotganligi, bundan tashqari gul tuvaklarida 51 tub giyohvand o‘simliklarini yetishtirib parvarishlab kelayotganligi aniqlangan. Tadbir davomida aniqlangan giyohvandlik vositalari va o‘simliklar o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Bo‘stonliq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va G.O., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Text to speech