O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Voyaga yetmagan shaxsni tunab ketganlar aniqlandi, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Farg‘ona viloyati. 2019 yil 29 dekabr kuni taxminan soat 21:40 larda noma'lum shaxslar boshqaruvidagi «Nexia» rusumli avtomashinada Yangiobod ko‘chasida turgan voyaga yetmagan 17 yoshli M.Sh.ning oldiga kelishib, qo‘ng‘iroq qilib olish vaji bilan undan «Samsung» rusumli telefon apparatini olishib, qaytarib bermasdan telefon apparatini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilishib, hodisa joyidan yashiringanlar.

Mazkur holat yuzasidan Uchko‘prik tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni Qo‘qon shahrida yashovchi 18 yoshli M.A., 20 yoshli U.A. va 24 yoshli J.M.lar sodir etganliklari aniqlanib, prosessual tartibda ushlangan va gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinganlar.

Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech