Tibbiy yordam uchun murojaat qilib, shifokorni do‘pposladi.
Namangan. 2020 yilning 2 yanvar' kuni soat taxminan 19:00 larda Uchqo‘rg‘on tumanining markaziy kasalxonasida 29 yoshli B.T. o‘zining kichik yoshli jiyaniga tibbiyot xodimlaridan tibbiy yordam ko‘rsatishni qo‘pol tarzda talab qilib, u yerda xizmat olib borayotgan 58 yoshli navbatchi jarroh O.K. bilan janjallashib, natijada B.T. qo‘lini mushti bilan O.K.ning yuziga urib tan jarohati yetkazgan.
Sud-tibbiy ekspertizaning xulosasiga ko‘ra, O.K. og‘ir tan jarohati olganligi aniqlangan.
Ushbu holat yuzasidan Uchqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “b” bandi (o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsga nisbatan) B.T. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, prosessual tartibda ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti