O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazmdagi “samosud” sarlavxasi ostida tarqalgan videolavha yuzasidan rasmiy maʼlumot

2020 yilning 09 iyun kuni taxminan soat 22:40 da Qoʼshkoʼpir tumani Ittifoq mahallasida yashovchi 20 yoshli H.O., dugonalari D.А., L.M., M.M., D.K.,lar bilan birgalikda yashash uyiga kelayotganida, oldidan 31 yoshli S.D.,ning boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtomashina kelib toʼxtaganida, avtomashinadan shu mahallada yashovchi K.D., R.D, va O.D.,lar tushib, “Sen nima uchun oʼgʼlim va kelinimni turmushini buzib, buzgʼunchilik qilib yuribsan” deb har xil soʼzlar bilan haqorat qilib, urib tan jarohati yetkazgan hamda ushbu holatni shu yerda boʼlgan S.D. oʼzining uyali telefon apparatiga videotasvirga olib turgan.

X.O., shu mahallada yashovchi K.D.ning oʼgʼli S.D. bilan 2016 yildan buyon yashab kelayotganligi, hozirda bir nafar farzandi borligi aniqlangan.

Sud tibbiy ekspretiza xulosasida, X.O. chap bilak, chap-oʼng yelka, boldir, chap son va koʼkrak qafasini qontalashlari boʼlib, YeNGIL tan jarohati olganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʼshkoʼpir tumani boʼyicha IIO FMB xuzuridagi tergov boʼlinmasi tomonidan K.D., R.D., O.D. va N.R.,larga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b,g” bandlari (bir guruh shaxslar tomonidan, oʼz mazmuniga koʼra umum eʼtirof etgan axloq qoidalarini namoyishkorona mensimaslikda ifodalanuvchi oʼtaketgan behayolik bilan bezorilik sodir etilsa) bilan qoʼzgʼatilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech