O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

"Oloy" bozordagi tillachining do‘konini o‘marishdi, gumonlanuvchilar esa  Denovdan ushlab kelindi

Toshkent shahri. 2021 yilning 17 yanvar kuni soat 19:00 dan 18 yanvar kuni soat 08:00 ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida, nomaʼlum shaxslar o‘zagalar mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasi 40-uyda joylashgan zargarlik do‘koni kirish eshigi oynasini sindirib, do‘kon ichiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib ushbu do‘kon rahbari 27 yoshli Saidolim Sh.,ga tegishli qiymati jami 50.000.000 so‘mlik turli  zargarlik kumush va sariq metaldan ishlangan buyumlarni olib, hodisa joyidan yashiringanlar.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “B,v,G” bandlari (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida hamda hodisa joyida o‘rnatilgan kuzatuv kameralarining tahlili olib borilganda yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni Surxondaryolik 21 yoshli Nozimbek Sh. va 25 yoshli Asliddin N.,lar sodir etganliklari aniqlangan.

Jinoyat ishi doirasida 21 yoshli Nozimbek Sh. va 25 yoshli Asliddin N.,dan  turli  zargarlik kumush va sariq metaldan ishlangan buyumlar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Hozirda fuqaro Nozimbek Sh. va Asliddin N.,lar gumon qilinuvchi tariqasida jinoyat ishida ishtirok etishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlanganlar.

Jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

  O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech