O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tilla doʼkonini oʼmargan 3 nafar ayol aniqlandi

Surxondaryo. 2020 yilning 20 sentyabrь kuni soat 14:30 da nomaʼlum shaxslar Denov shahrida boʼlgan “Denov-bobodexqon” bozorida joylashgan 39 yoshli F.S., ga (ayol) tegishli zargarlik doʼkonining savdo rastasida turgan umumiy bahosi 30.000 АQSh dollari boʼlgan har xil turdagi qimmatbaho ayollar taqinchoqlarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

Hodisa sodir boʼlgan joy tergov-tezkor guruhi tomonidan koʼzdan kechirilib, savdo doʼkoniga kirish yoʼlagida oʼrnatilgan kuzatuv kamerasi yozuvlari tekshirib koʼrilganida, oʼgʼirlik sodir boʼlgan vaqtda savdo doʼkonidan uch nafar ayol bir vaqtda chiqib ketganligi va ulardan birining qoʼlida kiyimga oʼralgan narsa borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Denov tuman IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan nomaʼlum shaxslarga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (oʼgʼirlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni 19 yoshli X.D., 28 N.Sh. va 52 yoshli O.R. lar (barchasi ayollar) sodir etganliklari aniqlanib, ulardan talon-toroj qilingan taqinchoqlar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Jinoyat sodir etgan shaxslar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Tilla taqinchoqlar egasiga toʼliq qaytarib berilgan. X,ozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech