O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Olib qochilgan avtomashina metallolomdan topildi

Toshkent viloyati. 2023 yil 30 mart kunidan 31 mart kuniga o‘tar kechasi nomaʼlum shaxs Yuqorichirchiq tumani Bunyodkor ko‘chasila yashovchi 27 yoshli T.B.ning boshqaruvida bo‘lgan 69 yoshli S.S.ga tegishli bo‘lgan “VAZ-2101” rusumli avtomashina T.Bning uyi eshigi oldida eshiklarini ochiq va kalitini o‘t oldirish joyida qoldirganligidan foydalanib, ushbu avtomashinani nomaʼlum tomonga olib qochib ketganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Yuqorichirchiq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 267-moddasi 1-qismi (Transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlar natijasida, mazkur jinoyatni 20 yoshli R.M. sodir etganligi, davlat raqam belgilarini yechib, Yuqorichirchiq tumani Farovon mahallasida joylashgan xonadoniga olib borib 2.000.000 so‘m pul evaziga metallolom sifatida sotib yuborganligi aniqlangan. Mazkur xonadon ko‘zdan kechilganida, jabrlanuvchiga tegishli avtomashina qismlarga bo‘lingan xolatda ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Hozirda gumonlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Jinoyat ishi doirasida gumonlanuvchining ko‘rsatmalaridan kelib chiqib, mazkur jinoyatga boshqa aloqador bo‘lgan shaxslarni aniqlashga qaratilgan chora tadbirlar o‘tqazilib, huquqiy baho berilishi taʼminlanadi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech