O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Olib qochilgan avtoulov “ariq”da topildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi. 2022 yil 2 may kuni soat 03:00 da nomaʼlum shaxs Nukus shahri «P.Seytov» ko‘chasida joylashgan uyning old tomonida bo‘la turib, shu uyda yashovchi 37 yoshli U.A.ga tegishli bo‘lgan “Cobalt” rusumli transport vositasining eshigi qulflanmasdan ochiq qolganidan foydalanib, transport vositasini olib qochganligi aniqlangan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu avtomashinani Nukus shahri «K.Saypov» ko‘chasida yashovchi 19 yoshli A.A. olib qochilganligi aniqlangan.

Bundan tashqari, A.A. olib qochilgan transport vositasini Nukus shahri «A.Dosnazarov» ko‘chasida bo‘ylab boshqarib, boshqaruvni eplay olmay yo‘l chetidagi ariqqa tushib ketgan. Hodisa joyiga yetib kelgan ichki ishlar xodimlari A.A.ni qo‘lga olib, “Cobalt” rusumli avtomashinani ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olganlar.

Mazkur holat yuzasidan Nukus shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan A.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (Transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

Tergov davom etmoqda.

Muallif: Tergov departamenti katta tergovchisi

mayor T. Elbekov

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech