Olishdi-yu qochishdi
Toshkent viloyati. 2022 yil 31 mart kuni soat 01:30 larda to‘rt nafar voyaga yetmagan shaxslar o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish maqsadida, bir guruh bo‘lib, Ohangaron tumani Ungut mahallasi hududida joylashgan oziq-ovqat do‘koni, yonida 40 yoshli E.I.,ga tegishli bo‘lgan bahosi 2.484.000 so‘mlik “Redmi 7A” rusumli telefon apparatini qo‘ng‘iroq qilish uchun so‘rab, olib telefon apparati bilan hodisa joyidan nomaʼlum tomonga yashiringan.
Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida jinoyatchi shaxslar ushlanib, ulardan talonchilik yo‘li bilan ko‘lga kiritilgan “Redmi 7A” rusumli telefon apparati ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Ohangaron tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan yuqoridagi shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «v» bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda, ushbu shaxslarning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Muallif: Angren shahar IIB huzuridagi
Tergov bo‘limi tergovchisi kapitan A.Avalbekov
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti