Qorao‘zak tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tergovchisiga pora taklif qilgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Joriy yilning 28 fevral kuni Qorao‘zak tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tergovchisi kapitan B.B ning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri nomiga bildirgi bilan murojaat qilib, bildirgisida ish yurituvidagi O‘zbekiston Respublikasi JKning 228-moddasi 3-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan gumon qilinuvchi Qorao‘zak tumani da yashovchi 1990 y.t. fuqaro M.B bir necha marotaba ogohlantirishiga qaramasdan, ushbu jinoyat ishini sudga yubormasdan ijobiy hal qilib berish evaziga 100 AQSH dollarini pora tariqasida taklif qilib ketayotganligini hamda ushbu fuqaroga qonuniy chora ko‘rishni so‘rab murojaat qilgan.
Ushbu bildirgiga asosan joriy yilning 1 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV SHXBB Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi, Qorao‘zak tumani prokuraturasi va IJQQB Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi Qorao‘zak tumani bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbir davomida fuqaro B. M kapitan B. Bning xizmat xonasida 1.000.000 (bir million) so‘m pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlanib, undan 1.000.000 (bir million) so‘m pullar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilib olingan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati