Shisha sinig‘i bezorining qo‘lida tan jarohati yetkazish quroliga aylandi
Qoraqalog‘iston Respublikasi. 2020 yilning 26 sentyabrdan 27 sentyabr kuniga o‘tar kechasi soat 01:30 da, Qonliko‘l tumani “Qosjap” OFYda yashovchi 27 yoshli S.P., spirtli ichimlik taʼsirida jamoat joyi hisoblangan “Yernar-Aydar” kafesi ichida bo‘la turib, ushbu kafeda bo‘lgan 23 yoshli A.O., bilan janjallashib, uning boshiga shisha idish bilan bir marotaba urib, so‘ng singan shisha idishi bo‘lagi bilan A.O.,ning chap bel qismiga bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.
Natijada, A.O., tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Sud tibbiy ekspertizaning xulosasiga ko‘ra, A.O.,ga hayot uchun xavfli bo‘lgan “og‘ir” darajadagi tan jarohatlari yetkazilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Qonliko‘l tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan S.P.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “ye” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, bezorilik oqibatida sodir etilgan bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda S.P., protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda dastlabki tergov davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti