Bir-birini haqorat qilish pichoqbozlik bilan tugadi.
Buxoro. 2020 yilning 02 fevral kuni taxminan 19:30 larda, Vobkent tumani, Gavuzduvon qishlogʼida yashovchi 31 yoshli O.G. mahalladoshi 55 yoshli D.U. bilan oʼzaro bir-birini haqoratlab janjallashib, janjal vaqtida O.G. yonida boʼlgan pichoq bilan D.U.ning qorniga tan jarohati yetkazgan.
Natijada, D.U. sanchilib kesilgan jarohatlar bilan shifoxonaga murojaat qilgan, ayni vaqtda D.U.ning sogʼligʼi yaxshilangan.
Mazkur holat yuzasidan Vobkent tuman IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga ogʼir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti