O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Hodisa joyida qoldirilgan kurtka jinoyat fosh etilishiga sabab bo‘ldi

Farg‘ona viloyati. 2021 yilning 27 mart kuni soat 02:30 larda ikki nafar nomaʼlum shaxslar Toshloq tumani “Katta ko‘cha” MFY.,da yashovchi 38 yoshli Komiljon U.,ning xonadoniga yuzlariga niqob kiygan holda g‘ayriqonuniy ravishda kirib, turmush o‘rtog‘i 34 yoshli Shahzoda U., va unga hujum qilgan vaqtlarida, Komiljon U., ularning birini ushlab olgan vaqtida, ikkinchi nomaʼlum shaxs oshxona pichog‘ini olib, uning bosh, chap kurak va chap biqin sohalariga jarohat yetkazib, hodisa joydan yashiringanlar.

Mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (Bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hodisa joyi ko‘zdan kechirilganda nomaʼlum shaxslarning biriga tegishli erkaklar kurtkasi va finka pichog‘i ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida, hodisa joyidan olingan erkaklar kurtkasi 27 yoshli Abduqahhor Q.,ga tegishli ekanligi aniqlanib, uning vaqtincha yashash joyi tintuv qilinganda niqob sifatida foydalanilgan ayollar kolgotkasi, qaychi, skotch o‘rami va kolgotka paketlari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olinib, Abduqahhor Q., ning o‘zi va jinoiy sherigi 23 yoshli Jasurxo‘ja O‘.,lar ushlanganlar.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech