Yana oʼt oldirgichda qoldirilgan kalit avtomashinani olib qochilishiga sabab boʼldi
Аndijon. 2020 yilning 03 avgust kuniga oʼtar kechasi soat 03:30 larda, voyaga yetmagan 17 yoshli I.Oʼ., Аndijon shahri, Furqat koʼchasida joylashgan avtomashinalarni yuvish shahobchasida ogʼzaki kelishuv asosida yollanma ishchi sifatida ishlab kelgani holda, mazkur shahobcha raxbari boʼlgan fuqaro S.B.,ga tegishli oq rangli “Spark” rusumli avtomashinani qulflanmagan va kaliti oʼt oldirgichda qoldirganligidan foydalanib, mazkur avtomashinani olib qochib, shu kuni soat 13:30 larda, Аndijon tumani, Kelajak avlod koʼchasida boshqarib ketayotib, yuk mashinasining orqasiga borib urilgan.
Mazkur holat yuzasidan Аndijon shahri boʼyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan voyaga yetmagan 17 yoshli I.Oʼ.,ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.
Dastlabki tergov jarayonida voyaga yetmagan I.Oʼ., protsessual tartibda ushlangan va gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti