O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Diqqat firibgarlar! Ishonuvchanlik baʼzida pand berishi mumkin

Toshkent shahri. 2019 yil 23 noyabr kuni 33 yoshli Buxoro viloyatida yashovchi Raxmatjon R., Mirzo Ulug‘bek tumani X.Olimjon ko‘chasida joylashgan 45 yoshli Muxiba A., ga tegishli xonadonni  60.000 AQSH dollarga sotib olishni vaʼda qilib, notarial idora orqali ushbu xonadonni o‘zining nomiga rasmiylashtirib olib, bergan vaʼdasini bajarmagan.

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davomida jabrlanuvchiga yetkazilgan moddiy zarar to‘liq qoplangan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda. 

Hurmatli fuqarolar, shu kabi firibgarlarning tuzog‘iga tushib qolmang, o‘zingizga tegishli buyumlarni turli xil bahona bilan egallash ilinjida bo‘lgan firibgarning to‘riga tushib qolmaslik o‘zingizni qo‘lingizda.

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech