O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

O‘ta xavfli retsidivist yana bir marotaba sudlanuvchi kursisiga o‘tiradi

Nukus shahri. 2020 yil 11 noyabr kuni soat 13:30 larda bir necha marotaba sudlangan va o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan 40 yoshli Karamatdin M., spirtli ichimlik ichib, mast holatda oldin ijarada yashab ketgan Nukus shahri “Oy ovul” posyolkasida yashovchi tanishi Ulbosin P., ning uyiga borib, uy egasiga “nimaga oldin meni aroqxo‘rsan, turmush o‘rtog‘imni ham yomon so‘zlar bilan haqorat qilding” deb uy ichida Ulbosin P., bilan o‘z-oro janjallashib, janjal davomida Ulbosin P.,ning yuz qismiga mushti bilan bir necha marotaba qasddan urib, uyida turgan o‘qlov yordamida tanasining turli joylariga bir necha marotaba urib tan jarohatlari yetkazgan.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra jabrlanuvchida bosh miya yopiq jarohati, bosh miyaning yengil darajadagi ezilishi va boshqa bir necha suyaklari sinish kabi “og‘ir” darajadagi tan jarohatlar aniqlangan.

Bundan tashqari tergov jarayonida aniqlanishicha Karamatdin M. 2020 yil 08 noyabr kuni soat 15:00 larda Nukus shahri “Qizil qum” MFY hududidagi savdo kompleksining zinasi tagida turgan fuqaro 61 yoshli Valeriy S.ning bir dona bozor bahosi 2 mln so‘mlik velosipedini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganligi ayon bo‘lgan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Karamatdin M., ga nisbatan  O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 4-qismi “B” bandi (o‘g‘rilik)  va 104-moddasi 3-qismi “v” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan ayblov eʼlon qilinib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech