O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Pul mablag’lari ochiqdan-ochiq talon-toroj qilindi

2019 yil 28 yanvar kuni soat taxminan 21:40 da, fuqaro R.B. Toshkent shahar Chilonzor tumani hududida fuqaro N.B.ni kuch ishlatish bilan qo’rqitib, uning 900.000 so’m miqdoridagi pullarini olib qo’yib, hodisa joyidan yashiringan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida R.B. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «а» bandi (talonchilik, ya’ni o‘zganing mulkini hayot va sog'liq uchun xavfli bo'lmagan zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitib, ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech