
Uyali telefonlar ochiqdan-ochiq talon-toroj qilindi
2019 yil 26 aprel kuni soat taxminan 22:00 da, ikki nafar noma’lum shaxslar Toshkent shahar Yunusobod tuman hududida fuqaro N.Sh.ni kuch ishlatish bilan qo’rqitib, uning “IPhone” va “RedMI” rusumli uyali telefonlarini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa sodir bo’lgan joydan yashirinishgan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni fuqaro J.O. va B.F.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik, ya’ni o‘zganing mulkini bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti