Uyali telefon ochiqdan-ochiq talon-toroj qilindi
2019 yil 19 iyul kuni soat taxminan 23:40 da, noma’lum shaxs Navoiy viloyat Navoiy shahar hududida fuqaro J.M.ni kuch ishlatish bilan qo’rqitib, uning qo’lidagi “RedMI” rusumli uyali telefonini tortib olib, hodisa joyidan yashiringan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni fuqaro A.J. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «а» bandi (talonchilik, ya’ni o‘zganing mulkini hayot va sog'liq uchun xavfli bo'lmagan zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitib, ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.