Uyali telefon va 300.000 so’m pullar ochiqdan-ochiq talon-toroj qilindi
2018 yil 14 dekabr kuni soat taxminan 17:00da, fuqaro M.R. Toshkent shahar Olmazor tuman hududida fuqaro A.D.ning qo’lidagi 300.000 so’m miqdoridagi pul mablag’lari va “Samsung” rusumli uyali telefonini tortib olib, hodisa joyidan yashiringan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni sodir etgan fuqaro M.R. ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi (talonchilik, ya’ni o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti