Uyali telefon ochiqdan-ochiq talon-toroj qilindi
2019 yil 22 fevral kuni soat taxminan 05:00 da, fuqaro Y.I. Toshkent shahar Chilonzor tuman hududida fuqaro M.L.ning qo’lidan “Samsung” rusumli uyali telefonini tortib olib, hodisa joyidan yashiringan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni sodir etgan fuqaro Y.I. ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi (talonchilik, ya’ni o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti