O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qo’ylar egasiga qaytarildi

2018 yil 20 sentyabr kuni soat taxminan 06:00da, noma’lum shaxs Toshkent viloyati Bekobod tumanida yashovchi fuqaro Q.D.ning uyiga g’ayriqonuniy ravishda kirib, hovlisidan to’rt bosh qo’ylarini o’g’irlab, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o’g’rilik, o’zganing mol-mulkini uy-joy, omborxona yoki boshqa xonaga g’ayriqonuniy ravishda kirib, yashirin ravishda talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni fuqaro B.I. sodir etganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech