Qo’ylar egasiga qaytarildi
2018 yil 23 dekabr kuni soat taxminan 21:30da, noma’lum shaxs Buxoro viloyat Shofirkon tumanida yashovchi fuqaro J.S.ning uyiga g’ayriqonuniy ravishda kirib, hovlisidan o’n bir bosh qo’ylari va bir bosh echkisini o’g’irlab, hodisa joyidan yashiringan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni fuqaro M.A. sodir etganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o’g’rilik, o’zganing mol-mulkini uy-joy, omborxona yoki boshqa xonaga g’ayriqonuniy ravishda kirib, yashirin ravishda talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti