Qo’ylar egasiga qaytarildi
2019 yil 21 yanvardan 22 yanvarga o’tar kechasi, noma’lum shaxs Namangan viloyat Namangan tumanida yashovchi fuqaro Ch.X.ning uyiga g’ayriqonuniy ravishda kirib, hovlisidagi qo’yxonasidan besh bosh qo’ylarini o’g’irlab, hodisa joyidan yashiringan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni fuqaro M.X. va Sh.Q.lar sodir etganliklari aniqlanib, ular ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v,g” bandlari (o’g’rilik, ya’ni o’zganing mol-mulkini bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, uy-joy, omborxona yoki boshqa xonaga g’ayriqonuniy ravishda kirib, yashirin ravishda talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti