O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qo’ylar egasiga qaytarildi

2019 yil 18 iyul kuni taxminan soat 03:00 da, noma’lum shaxs Navoiy viloyat Konimex tuman hududidagi dala maydonida qarovsiz qoldirilgan, fuqaro A.I.ga tegishli oltmish ikki bosh qo’ylarni o’g’irlab, hodisa joyidan yashiringan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni fuqaro I.I. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b” bandi (o’g’rilik, ya’ni o’zganing mol-mulkini yashirin ravishda ancha miqdorda talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech