O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

O‘lim bilan yakunlangan janjal.

Sirdaryo. 2020 yil 03 yanvar kuni soat 18:30 larda, Oqoltin tumani, Binafsha mahallasida 24 yoshli I.Yu. va 53 yoshli N.M. mast holatda bo‘la turib, o‘zaro janjallashib qolgan, janjal davomida I.Yu. qo‘llari va oyoqlari bilan urib-tepib N.M. ga tan jarohatlari yetkazgan. Natijada N.M. Oqoltin tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan, ammo unga ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan, Oqoltin tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi, 3-qismi, “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, I.Yu. ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” extiyot chorasini qo‘llanilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Text to speech