O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Mastlik oqibatidagi janjal

2018 yil 20 avgust kuni soat taxminan 22:00da, muqaddam sudlangan Yo.A. spirtli ichimlik iste'mol qilgan holda, Toshkent viloyat Angren shahri hududida tanishi B.M. bilan o'rtalarida kelib chiqqan o'zaro janjal oqibatida, uning bosh va yuz qismiga qo’llari bilan urib, og'ir tan jarohati etkazgan. Natijada B.M. kasalxonaga yotqizilgan. Yo.A. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og'ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan bo'lib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech