O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tilla taqinchoq “shaydo”lari aniqlandi, ular ikki nafar o‘smir yigitlar bo‘lib chiqdi

Qashqadaryo. 2020 yilning 04 dekabr kuni soat 12:00 da, fuqaro 19 yoshli Azizbek F., sherigi 18 yoshli Elbek R., bilan o‘zganing mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilib, tekin boylik orttirish maqsadida oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruhga birlashib, Qarshi tumani Qozikenti qishlog‘ida yashovchi fuqaro Dildora A.,ning yashash uyiga devor orqali g‘ayriqonuniy ravishda kirib, yotoqxonadagi shkaf ichida turgan qutichadan ikki dona umumiy bahosi 12 mln. so‘mlik ayollar tilla zanjiri, bir juft bahosi 2 mln. 500 ming so‘mlik ayollar tilla ziragi, uch dona umumiy bahosi 5 mln. so‘mlik ayollar tilla uzuklari, bir dona bahosi 1 mln so‘mlik ayollar qo‘l bilakuzugini, bir dona “YERA” nomli, bahosi 250 ming so‘mlik drel va 130 ming so‘m miqdoridagi naqd pullarni yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringanlar.

Mazkur holat yuzasidan Azizbek F., va Elbek R.,larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «v,G» bandlari (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida, Azizbek F., va Elbek R.,lar bir dona tilla uzukni fuqaro 28 yoshli Baxrom D.,ga 1 mln. 500 ming so‘m evaziga sotganligi aniqlangan hamda fuqaro Baxrom D.,dan ushbu tilla uzuk ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan. 

Jinoyat ishi bo‘yicha, Azizbek F., va Elbek R.,lar ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan hamda ularga nisbatan “garov” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech