MCHJning mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Samarqand viloyati. 2019 yil oktyabr oyidan 2020 yilning sentyabr oyiga qadar, Toshkent shahrida joylashgan “BITSIMPLEX” MCHJning Samarqand filiali xodimlari fuqarolarga bir yil mobaynida pullarini ko‘paytirib olishlarini aytib, ularni ishontirib, jamiyatning ofisida fuqarolarning har biridan 500 AQSH dollaridan 22.250 AQSH dollarigacha bo‘lgan pul mablag‘larini shartnoma asosida investitsiya tariqasida qabul qilib, 2020 yilning sentyabr oyiga qadar jalb qilingan pullardan, daromad tariqasida 2,5 foizdan 4 foizgacha pul mablag‘larini berib kelib, keyinchalik olgan pul mablag‘larini qaytarib bermasdan kelayotganligi aniqlangan.
O‘z navbatida aldanib qolgan fuqarolarning arizalariga asosan, Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan “BITSIMPLEX” MCHJning mansabdor shaxslariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda jabrlangan fuqarolarning doirasi va ularga yetkazilgan zararni qoplashga qaratilgan tergov xaraktlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar yengil daromad olish yoki tez boyib ketish maqsadida, o‘zingizni misqollab topgan pul mablag‘laringizni firibgarlarni vaʼdalariga ishonib topshirib qo‘ymang.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti