Avtomashina olib qochuvchilar, YTHga uchrashdi
Toshkent viloyati. 2020 yilning 12 mart kuni soat 00:00 da, 19 yoshli B.U.jinoiy sheriklari, 17 yoshli D.P., 16 yoshli A.A. va 15 yoshli A.R. lar bilan oldindan jinoiy til birktirib, Angren shahrida joylashgan avtomashinalarni yuvish shaxobchasiga kelib, qorovul 47 yoshli X.I. ga qarab turish uchun qoldirib ketilgan, 50 yoshli X.Sh., ga tegishli “Nexia” rusumli avtomashinaning kalitini qorovuuldan yashirin ravishda o‘g‘irlab avtomashinani olib qochib, hodisa joyidan yashiringan, ammo Angren shahar Birlik ko‘chasida B.U. boshqaruvni yo‘qotib yo‘l chekkasida joylashgan devorga olib borib urgan. To‘qnashuv natijasida hech kim jarohat olmagan.
Mazkur holat yuzasidan Angren shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekison Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi “b” bandi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, avtomashina olib qochuvchilar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, prosessual tartibida ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti