O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Buxorodagi Аvtobus va “Nexia-2” avtomashinalari ishtirokidagi YTH boʼyicha batafsil maʼlumot.

2019 yil 29 noyabr kuni taxminan soat 07:00 larda 22 yoshli X.S. boshqaruvidagi “Nexia-2” rusumli avtomashinasida Buxoro viloyat Jondor tumani hududidan oʼtuvchi Toshkent-Qoraqalpogʼiston А-380 yoʼlining 305 km.da harakatlanib kelayotgan vaqtida boshqaruvni yo'qotib, qarama-qarshi yoʼnalishga chiqib ketishi oqibatida, ushbu yoʼnalishda kelayotgan “Higer” rusumli avtobusning old qismi bilan toʼqnashib, yoʼl-transport hodisasi sodir qilgan.

Oqibatda “Nexia-2” avtomashinasining haydovchisi X.S. va yoʼlovchilar 19 yoshli R.S., 49 yoshli M.M.lar hodisa joyida vafot etgan. Аvtobus haydovchisi va yoʼlovchilari tan jarohati olishmagan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar oʼlimiga olib kelgan, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Hozirda ushbu jinoyat ishi boʼyicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

 

---------------------------------------------------------------------------------

2019 йил 29 ноябрь куни тахминан соат 07:00 ларда 22 ёшли Х.С. бошқарувидаги “Nexia-2” русумли автомашинасида Бухоро вилоят Жондор тумани ҳудудидан ўтувчи Тошкент-Қорақалпоғистон А-380 йўлининг 305 км.да ҳаракатланиб келаётган вақтида бошқарувни йўқотиб, қарама-қарши йўналишга чиқиб кетиши оқибатида, ушбу йўналишда келаётган “Higer” русумли автобуснинг олд қисми билан тўқнашиб, йўл-транспорт ҳодисаси содир қилган.

Оқибатда “Nexia-2” автомашинасининг ҳайдовчиси Х.С. ва йўловчилар 19 ёшли Р.С., 49 ёшли М.М.лар ҳодиса жойида вафот этган. Автобус ҳайдовчиси ва йўловчилари тан жароҳати олишмаган.

Мазкур ҳолат юзасидан Бухоро вилояти ИИБ ҳузуридаги Тергов бошқармаси томонидан Ўзбекистон Республикаси Жиноят кодексининг 266-моддаси 3-қисми “а” банди (одамлар ўлимига олиб келган, транспорт воситалари ҳаракати ёки улардан фойдаланиш хавфсизлиги қоидаларини бузиш) билан жиноят иши қўзғатилган.
Ҳозирда ушбу жиноят иши бўйича дастлабки тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Ўзбекистон Республикаси ИИВ ҳузуридаги Тергов департаменти

 

Text to speech