O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Oʼgʼirlangan 300 mln. soʼmlik qoʼylarning yarmidan ortigʼi egasiga qaytarildi

2020 yil 10 sentyabr kunidan 11 sentyabrь kuniga oʼtar kechasi Sharof Rashidov tumanida yashovchi 42 yoshli I.M., tuman hududida joylashgan fermer xoʼjaligi dala maydonida boʼlgan “Qoʼshkoʼprik” mahallasida yashovchi 59 yoshli F.J.,ga tegishli jami bozor narxi 300 mln. soʼmlik 216 bosh mayda shohli chorva mollarini yashirin ravishda oʼgʼirlab ketgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida fuqaro I.M., fuqaro F.J.,ga tegishli qoʼylarning 168 boshini fuqaro M.K.,ga qarashli Jizzax shahrida joylashgan avtomobillarga yoqilgʼi quyish shahobchasi hovlisiga olib borib qoʼyilganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan hamda fuqaro F.J.,ga tilxat asosida topshirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Sharof Rashidov tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlinmasi tomonidan I.M.,ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda koʼp miqdorda sodir etilgan oʼgʼirlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Dastlabki tergov jarayonida I.M., gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech