Plastik kartochkadagi pullarni “Slick” dasturi orqali o‘g‘irlagan shaxs javobgarlikka tortildi.
Xorazm. 40 yoshli Karimboy I. o‘zining nomiga rasmiylashtirilgan +9989*-***-**-** raqamli sim kartani TIF “Milliy bank” Shovot filialida fuqaro 23 yoshli G.Ya.ning nomiga rasmiylashtirilgan plastik kartochkasiga “Bank SMS” tizimi orqali ulanganligini bila turib, ushbu plastik kartochkadan “Slick” dasturi orqali 2019 yil 15 avgust kunidan 31 avgust kuniga qadar 1.136.000 so‘m va 02 oktyabr' kuni 1.114.000 so‘m pullarni yashirin ravishda qo‘lga kiritgan.
Mazkur holat yuzasidan Shovot tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Karimboy I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169–moddasi 3-qismi “b” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov jarayonida Karimboy I. tomonidan G.Ya.ga yetkazilgan moddiy zarar to‘liq undirilgan. Karimboy I.ga ushbu modda bilan ayblov e'lon qilingan va unga nisbatan “shaxsiy kafillik” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
2019 yilning 27 noyabr' kuni jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sud muhokamasiga yuborilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Gurlan tuman sudining 2020 yil 08 yanvar' kungi xukmi bilan Karimboy I. JKning 169-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan aybdor deb topilib, unga bir yil muddatga ahloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.