Giyohvand ushlandi
2018 yil 18 sentyabr kuni ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o'tkazilgan “Qoradori-2018” keng qamrovli tezkor tadbir davomida Toshkent viloyat Angren shahrida yashovchi М.A.ning honadoni ko'zdan kechirilganda, mehmonxonadagi divan ostida 2 kg. 388,8 gr. “marixuana” giyohvandlik vositasini kelgusida o'tkazish maqsadini ko'zlamay qonunga xilof ravishda saqlab kelganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, egallash, tashish yoki jo‘natish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti