O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Narkologiya dispanserida kaltaklangan bemor kasalxonaga yotqizildi

2018 yil 25 avgust kuni Jizzax viloyat Paxtakor tumanida yashovchi J.A. tan jarohati bilan RShTYoIMning Jizzax viloyat filialiga yotqizilgan. Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv natijasida shu yil 24 avgust kuni J.A. viloyat narkologiya dispanserida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan mastlik holatini tekshirish maqsadida olib keltirilgan vaqtida dispanser sanitari J.J. bilan o'rtalarida kelib chiqqan janjal oqibatida J.J. uning bosh va yuz qismlariga qo'li bilan urib, og'ir tan jarohati etkazganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech