O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“Haydovchilik guvohnomangni 1.400 AQSH dollariga olib beramiz”

Toshkent shahri. 20 yoshli fuqaro X.F. Yashnobod tumani bo‘yicha IIO FMB ga ariza bilan murojaat qilib, unda 2020 yilning sentyabr oylarida Yashnobod tumani Fazogir mahallasida joylashgan “Parvoz” restorani oldida 24 yoshli  X.M va 21 yoshli J.I.lar unga Yo‘l patrul xizmati xodimlari tomonidan olib qo‘yilgan haydovchilik guvohnomasini tanishlari orqali olib berishini vaʼda qilib, undan 1400 AQSH dollarini olib, bergan vaʼdasini bajarmasdan kelayotganliklarini maʼlum qilgan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, X.M. va J.I.lar vaqtincha hech qayerda ishlamasliklari, ularning Yo‘l patrul xizmatida ham hech qanday tanishlari yo‘qligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “B” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech