Oʼlim bilan yakunlangan pichoqbozlik.
Namangan viloyati. 2020 yilning 07 mart kuni soat 15:00 da muqaddam sudlangan, 52 yoshli I.M., Oʼzbekiston koʼchasida joylashgan hiyobonda tanishi 50 yoshli B.N., bilan oʼzaro janjallashib janjal davomida, yonida olib yurgan pichoq bilan B.N.ning chap son qismiga urib jarohat yetkazgan va hodisa joyidan yashiringan.
Natijada, jarohatlangan B.N. koʼp qon yoʼqotishi oqibatida hodisa joyida vafot etgan. Koʼrilgan choralar natijasida I.M. ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Oʼzbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (oʼlimga sabab boʼlgan, qasddan badanga ogʼir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. I.M. gumonlanuvchi tariqasida jalb qilingan. Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
Oʼzbekiston Respkblikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.