Jo‘jalarni katta qilib beraman deyishdi-yu, ammo Toshkentga pullab yuborishdi
Andijon viloyati. 2020 yilning fevral oyida Bo‘ston tumanida tovuq boqish bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar 30 yoshli Mansurbek I. va Furqat K., lar Ulug‘norlik Hayotbek Yu., bilan bitim tuzishib, unga tegishli bo‘lgan jami narxi 80 mln. so‘mlik 20 ming ta jo‘jalarini olib, ushbu jo‘jalarni boqib, katta qilib, sotilganidan so‘ng foydasini o‘zaro Hayotbek Yu., bilan bo‘lishib olishga kelishib, jo‘jalarni hamda ularni boqish uchun umumiy qiymati 155 mln. so‘mlik 37 tonna miqdordagi yem mahsulotlarini olib, so‘ngra bir qancha muddatdan so‘ng Toshkentlik fuqaroga jo‘jalarni 14 tonna go‘sht hisobida 227 mln. so‘mga sotib yuborib pullarini o‘zlarining ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborganliklari aniqlangan.
Ushbu holat yuzasidan Hayotbek Yu., Ulug‘nor tumani IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib yuqoridagi shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Mazkur holat yuzasidan Ulug‘nor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Mansurbek I. va Furqat K.,larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti